Brifingda Ukraina prezidenti tomonidan berilgan bayonotlar:
▪️ Urushni tugatish uchun Putin bilan yuzma-yuz uchrashishga tayyorman. Agar bu uchrashuv muvaffaqiyatli o‘tadigan bo‘lsa, prezident Tramp ham muzokaralarga qo‘shilishi mumkin;
◾️ Putinning men bilan uchrashuvga rozi bo‘lishi noma’lum, buning uchun Qo‘shma Shtatlarning bosimi zarur. Chunki Kreml bu borada noaniq bayonotlar berib, faqat muzokaralar darajasini “ko‘tarish niyati” haqida xabar bermoqda;
▪️ Ukraina tinchlik muzokaralarini o‘tkazish sharti sifatida o‘t ochishni to‘xtatish talabida turib olmaydi. Shu sababli menimcha, biz hech qanday shartlarsiz uchrashib, urushni tugatish yo‘lida qanday imkoniyatlar borligi haqida suhbatlashishimiz lozim;
▪️ Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha tafsilotlar o‘n kun ichida ishlab chiqiladi. Jumladan, Kiyev bu doirada mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun moliyaviy yordam olmoqchi;
▪️ Hududlar masalasi bu men bilan Putin o‘rtasida muhokama qilinadigan masala;
◾️ Ukraina Qo‘shma Shtatlardan 90 milliard dollarlik qurollar xarid qilish rejasini taqdim etadi. Bu Yevropa orqali amalga oshiriladi, AQSh esa Ukrainadan dronlar sotib oladi. Biroq bu masalada hali rasmiy kelishuv yo‘q.