Bugun 20 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Putin Zelenskiy bilan Moskvada uchrashishni taklif qildi, ammo...

Putin Zelenskiy bilan Moskvada uchrashishni taklif qildi, ammo...

Bu haqda AFP xabar bermoqda.

Agentlik manbalariga ko‘ra, Rossiya prezidenti bunday taklifni AQSh yetakchisi bilan telefon orqali suhbat chog‘ida bildirgan.

Tramp va Putinning suhbati 19 avgustga o‘tar kechasi, AQSh prezidenti Oq uyda Yevropa yetakchilari bilan muloqot qilayotgan paytda bo‘lib o‘tgandi.

Ushbu suhbatdan keyin Tramp Putin va Zelenskiyning uchrashuvi yaqin ikki hafta ichida bo‘lib o‘tishi kutilayotganini aytgan edi.

Ammo Zelenskiy Putinning Moskvada ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazish haqidagi taklifidan rad etdi.

"Rossiya prezidenti bu taklifni kecha Oq uyda Tramp bilan telefon orqali suhbat chog‘ida bildirgan. AQSh prezidentidan bu haqda eshitgan Zelenskiy esa unga darhol “Yo‘q” deb javob bergan", deya yozmoqda agentlik manbalariga tayanib.

Kiritildi: 20:12 19.08.2025. O'qildi: 1413 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!