Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini ma’lum qildi.
Bu haqda Agence France-Presse agentligi xabar bermoqda.
Avvalroq Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Putin va Tramp muzokaralarda ishtirok etuvchi “Ukraina va Rossiya tomonlari vakillari darajasini oshirish imkoniyatlarini” muhokama qilganini ta’kidlagan edi.
AQSh prezidenti, o‘z navbatida, Ukraina va Rossiya rahbarlarining uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qildi.