Qarshi shahrida parvozlarni qidiruv-qutqaruv qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
Tadbir rejasiga ko‘ra, qo‘nishdan oldingi manyovr vaqtida bortida 150 nafar yo‘lovchi va 5 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan samolyot signal berishni to‘xtatgan va aerodromdan 12 km radiusda radarlardan g‘oyib bo‘lgan.
Tasdiqlangan rejada nazarda tutilgan kuch va vositalar belgilangan tartibda favqulodda vaziyat joyini qidirish va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun yuboriladi.
Mashg‘ulotlarga jami 150 nafarga yaqin xodim va idoralararo tuzilmalarning 22 birlik maxsus texnikasi, jumladan, Qarshi aeroportining 80 nafar xodimi va 7 birlik maxsus texnikasi jalb etildi