Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini ishlab chiqish va ta’minlashda nafaqat Yevropa ittifoqchilari, balki Yevropadan tashqaridagi davlatlar ham ishtirok etadi.
Bu haqda AQSh davlat kotibi Marko Rubio Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Biz Yevropadagi ittifoqchilarimiz va, darvoqe, yevropadan tashqari davlatlar bilan ham shunday xavfsizlik kafolatlarini yaratish ustida ishlaymiz. Hozir bu borada ishlayapmiz", - dedi Rubio.
Uning qo‘shimcha qilishicha, kafolatlar "Ukraina kelajakda o‘zini xavfsiz his qilishi uchun tinchlik kelishuvidan keyin yaratilishi kerak".