Bugun 19 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

77 marta qoidabuzarlik qilgan Shuxrat Musayevning «Lacetti»si topildi

77 marta qoidabuzarlik qilgan Shuxrat Musayevning «Lacetti»si topildi

Toshkent shahrida bloger Shuxrat Musayevga tegishli bo‘lgan «Lacetti» avtomobili MIB xodimlari tomonidan topilib, jarima maydoniga joylashtirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Musayev 77 ta qoidabuzarlik tufayli jami 31 million 300 ming so‘m jarimani to‘lamagan. Shuningdek, unga nisbatan sud qarori asosida 1 million 648 ming so‘m soliq qarzi va 375 ming so‘m davlat boji undiruvini amalga oshirish uchun ham ijro hujjatlari qo‘zg‘atilgan. Qarzdorga bir necha bor SMS-xabarnoma yuborilganiga qaramay, belgilangan muddatda qarz to‘lanmagan. Shundan so‘ng MIB tomonidan avtomobil qidiruvga berilgan va topilgandan so‘ng xatlab olingan.

Hozirda «Lacetti» avtomobili qarzlarni qoplash uchun auksion savdolariga chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:11. O'qildi: 1544 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!