Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Vashington Kiyevdan Donbassni berib qo‘yishni talab qilmoqda

Vashington Kiyevdan Donbassni berib qo‘yishni talab qilmoqda

📍 Politico nashri ma’lum qilishicha, AQSh rasmiylari Ukrainaga Donesk va Luganskni Rossiyaga topshirishni taklif qilmoqda. Ular bu hududlarni “so‘nggi muzokara kartasi” sifatida baholab, Kiyevdan bu "kozir"dan voz kechishni talab qilmoqda.

🔹 AQSh rasmiylari ta’kidlashicha, Ukraina Donbassni baribir yo‘qotadi va hozirgi muzokaralar davrida uni berish orqali katta kelishuvga erishish mumkin.

🔹 Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi Alyaska uchrashuvidan so‘ng, AQSh prezidenti tinchlikka erishish uchun janglarni to‘xtatmasdan muzokaralarni davom ettirishni ma’qul ko‘rdi. Bu Zelenskiyning harakat imkoniyatlarini cheklab qo‘ydi va Donbass masalasini muzokaralar markaziga aylantirdi.

🛑 Ukraina bu taklifni rad etdi. Kiyevning pozisiyasiga ko‘ra, hech qanday hududiy murosalar qabul qilinmaydi va Donbassni berish Rossiyaga kelajakda hujum qilish imkonini yaratadi.

📌 Eslatib o‘tamiz, Rossiya Donesk, Lugansk, Xerson va Zaporojye viloyatlarini hamda Qrimni to‘liq Rossiya hududi sifatida tan olishni talab qilmoqda.

🇪🇺 Yevropa yetakchilari ham tinchlik muzokaralari oldidan janglarni to‘xtatish zarurligini aytmoqda. Ammo Tramp buni qo‘llab-quvvatlamayapti.

📌 Kiyev tinchlik muzokaralari uchun birinchi navbatda otashkesim talab qilinmoqda va hududiy muammolar faqat Ukraina, Rossiya va AQSh ishtirokida hal qilinishi kerakligini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: 15:54 19.08.2025. O'qildi: 2066 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!