Bugun 26 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Mbappe "Real"dagi dastlabki mavsumini 43 ta gol urib, rekord o‘rnatdi

Mbappe "Real"dagi dastlabki mavsumini 43 ta gol urib, rekord o‘rnatdi

Mbappe debyut mavsumida gollar soni bo‘yicha "Real"ning avvalgi rekordini 6 ta to‘pga ortda qoldirdi.

Kilian Ispaniya chempionatining so‘nggi turida "Sosyedad"ga qarshi o‘yinda (2:0) dubl qayd etdi.

Madridliklar safidagi debyut mavsumida fransuz 43 ta gol urdi. Ulardan 31 tasi La Ligada, 7 tasi Chempionlar Ligasida, 2 tasi Ispaniya Kubogida, bittadan Yevropa Superkubogi, Ispaniya Superkubogi va qit’alararo kubokda gol urgan.

Avvalgi rekord 37 ta gol bilan Ivan Samoranoga tegishli bo‘lib, u 1992/93 yilgi mavsumda o‘rnatilgandi.

Kiritildi: 10:16 25.05.2025. O'qildi: 490 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!