O‘zbekistonlik vinger Jasur Yaxshiboyev Eronning "Nassaji Mozandaron" klubini tark etdi.
Milliy jamoamizga nomzod futbolchi "Nassaji" safida atigi 3 o‘yinda maydonga tushdi. Mavsum yakunlariga ko‘ra, fors klubi Eron Pro ligasini tark etdi. 27 yoshli futbolchi esa erkin agentga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, Jasur o‘tgan mavsumda Qozog‘istonning "Ordabasi" klubi safida to‘p surib, 27 o‘yinda 9ta gol va 4ta assistga mualliflik qilgandi.
Bu mavsumda Eron chempionatida Yaxshiboyevdan tashqari, Jaloliddin Masharipov (Istiqlol), Oston O‘runov (Persepolis) va O‘tkir Yusupov (Fulad) singari futbolchilar to‘p surdi.