FIFA prezidenti Janni Infantinoning aytishicha, Krishtianu Ronaldu iyun oyida bo‘lib o‘tadigan FIFA'ning klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Janni Infantino so‘zlariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" va "Real Madrid"ning sobiq hujumchisi alohida transfer oynasi tufayli iyun oyida AQShda o‘tkaziladigan turnirda ishtirok etishi mumkin.
"Al-Nasr" klubi turnirga chiqa olmagan bo‘lsa-da, Infantino portugaliyalik yulduzning turnirda qatnashayotgan 32 jamoadan biriga o‘tishi mumkinligini ta’kidladi.
"Krishtianu Ronaldu klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘ynashi mumkin," dedi Infantino YouTube kanali 39 milliondan ortiq obunachiga ega bo‘lgan IShowSpeed onlayn-strimeriga. "Ba’zi klublar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Agar biror klub tomosha qilayotgan bo‘lsa va Ronalduni klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga jalb qilishdan manfaatdor bo‘lsa, kim biladi? Hali bir necha hafta vaqt bor, qiziq bo‘ladi."