Bugun 26 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Isroil G‘azo shifokorining 9 farzandini o‘ldirdi

Isroil G‘azo shifokorining 9 farzandini o‘ldirdi

Jinoyatchi Isroil armiyasi Xon Yunusda doktor Alaa al-Najjorning 10 farzandidan to‘qqiztasini halok qilgan hujumni "tekshirayotganini" ma’lum qildi. G‘azo rasmiylari esa begunoh bolalarni o‘ldirish isroillik askarlar uchun "ermak"ka aylanganini ta’kidlamoqda.

To‘rt yoshli Muhammad Yasin oziq-ovqat yetishmasligidan vafot etdi. Jahon oziq-ovqat dasturi G‘azoda 70 mingdan ortiq bola og‘ir to‘yib ovqatlanmaslik holatiga duchor bo‘lganidan ogohlantirmoqda.

Rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, Isroil chorshanba kunidan beri G‘azoga faqat 100 ta yordamga to‘la yuk mashinasining kirishiga ruxsat bergan. Bu miqdor anklavning ikki million aholisiga yordam berish uchun zarur bo‘lgan miqdordan ancha kam.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Isroilning G‘azoga qarshi urushi oqibatida kamida 53 901 falastinlik halok bo‘lgan, 122 593 nafari yaralangan. Hukumat matbuot xizmati vayronalar ostida bedarak yo‘qolgan minglab odamlar ham halok bo‘lgani taxmin qilinayotganini aytib, qurbonlar sonini 61 700 dan ortiq kishiga yetkazdi.

Kiritildi: 06:04 25.05.2025. O'qildi: 483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!