Bugun 26 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Yunusobod tumanidagi oshxonada yong‘in yuz berdi

Yunusobod tumanidagi oshxonada yong‘in yuz berdi

2024 yil 24 may kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan oshxonalardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, soat 18:40 da Otchapar ko‘chasidagi umumiy ovqatlanish maskanidan yong‘in haqida shoshilinch xabar kelib tushgan.

Favqulodda vaziyatlarga qarshi kurashish xizmatining yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 18:48 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 18:55 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori mutasaddi tashkilotlar tomonidan o‘rganilmoqda.

Kiritildi: 19:19 24.05.2025. O'qildi: 384 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!