Bugun 26 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp Pentagonning Ukraina bo‘yicha bo‘limi maqomini pasaytirishga qaror qildi

Tramp Pentagonning Ukraina bo‘yicha bo‘limi maqomini pasaytirishga qaror qildi

Donald Tramp Pentagonning Ukraina bo‘yicha bo‘limi maqomini pasaytirishga qaror qildi.

Bu haqda Defense News nashri AQSh mudofaa vazirligining uch nafar sobiq xodimi va ikki nafar yevropalik amaldorga tayanib xabar berdi.

"Gap Rossiya Ukrainaga qarshi urush boshlaganidan so‘ng muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Pentagon boshqarmasi haqida bormoqda. Ushbu boshqarma urushga nisbatan siyosatni shakllantirish va Kiyevga harbiy yordamni muvofiqlashtirish bilan shug‘ullangan. Shuningdek, u Ukrainaga qurol-aslaha yetkazib berishni muvofiqlashtirayotgan 50 ta davlatdan iborat “Ramshtayn formatini” shakllaantirishda muhim rol o‘ynagan", deb yozmoqda gazeta.

Defense News manbalariga ko‘ra, Ukraina, Rossiya va Yevroosiyo masalalari bo‘yicha bo‘lim Pentagon siyosiy tuzilmasini qayta shakllantirish doirasida Yevroittifoq va NATO ishlari bo‘yicha yirik boshqarmaga bo‘ysundirilishi mumkin.

Manbalarning ma’lum qilishicha, bu bo‘limni tugatish yoki xodimlarni ishdan bo‘shatish rejalashtirilmayapti, qaror hozircha yakuniy emas va kengroq qayta tashkil etish doirasida ko‘rib chiqilmoqda.

Nashr suhbatdoshlaridan bir nechtasi bu o‘zgarish ehtimolini AQSh uchun Ukraina endi ustuvor yo‘nalish bo‘lmay qolayotganining belgisi sifatida ko‘rmoqda.

Shunga qaramay, Vashington Kiyevga razvedka ma’lumotlari va avval tasdiqlangan harbiy yordamni taqdim etishda davom etmoqda. Ammo AQSh Kongressi hozircha Ukrainaga yangi yordam dasturlarini moliyalashtirishni ma’qullagani yo‘q.

Kiritildi: 18:38 24.05.2025. O'qildi: 441 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!