Bugun 5 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Milliy statistika tizimini transformasiya qilish ofisi tashkil etiladi

Milliy statistika tizimini transformasiya qilish ofisi tashkil etiladi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-75-son, 24.02.2025 y.) qabul qilindi.

🔰Qarorga ko‘ra, Milliy statistika qo‘mitasi tuzilmasida “Milliy statistika tizimini transformasiya qilish” ofisi tashkil etiladi.

✅ Transformasiya ofisi quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda yangi mexanizmlarni joriy qilishga mas’ul etib belgilandi, jumladan:

🔹 ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun zarur bo‘lgan statistik ma’lumotlarni, shu jumladan, aholi daromadlari va ularning manbalarini baholash uslubiyotini takomillashtirish;

🔹 mikro darajada kuzatuvlarni amalga oshirish va statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish uslubiyotini ishlab chiqish;

🔹 statistika ma’lumotlaridan foydalanuvchilar bilan samarali qayta aloqani (mijozga yo‘naltirilganlikni) joriy etish.

📝 Shuningdek, Milliy statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom hamda Respublika statistika kengashi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Kiritildi: 13:00 01.03.2025. O'qildi: 1238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!