Ukraina Xavfsizlik xizmatlari (SBU) anneksiya qilingan Qrimda joylashgan "Saki" harbiy aerodromida Rossiyaga tegishli beshta harbiy samolyotga hujum uyushtirilganini ma’lum qildi.
SBU bayonotida aytilishicha:
«Su-30SM samolyoti to‘liq yo‘q qilindi, yana bir samolyot shikastlangan. Shuningdek, uchta Su-24 ham zarbaga uchradi».
Rossiya tomoni bu voqea bo‘yicha hozircha rasmiy bayonot bermadi.