Hukumatning 2025 yil 31 iyuldagi qaroriga ko‘ra, davlat tomonidan kambag‘al oilalarga maxsus moddiy yordam puli to‘lab beriladi.
Oila Kambag‘allar reestrida bo‘lishi shart. Shuningdek:
▪ Bolaning ota yoki onasi yagona bo‘lishi (masalan, farzand faqat onasi bilan yashaydi);
▪ Bu yagona ota/ona rasman ishga joylashgan bo‘lishi kerak (daftariga ish joyi tushgan bo‘lishi shart);
▪ Farzand maktabgacha ta’lim muassasasiga (bog‘chaga) qatnayotgan bo‘lishi kerak;
▪Farzand 3 yoshga to‘lmagan bo‘lishi kerak(agar egizak bo‘lsa ikkalasiga ham beriladi).
Agar shu talablar to‘liq bajarilgan bo‘lsa, davlat tomonidan har oy 618 000 moddiy yordam to‘lab beriladi.
Moddiy yordam olish tartibi:
▪ my.gov.uz portali orqali elektron ariza berish;
▪ “Inson” markaziga shaxsan borib ariza topshirish.