“Mamlakatlar faqat o‘z manfaatlarini o‘ylaydi. Biz dunyodagi uchinchi yirik iqtisodiyotga aylanayotgan davlatmiz", dedi Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi.
Hindiston yetakchisi Modi o‘zining so‘nggi nutqida Tramp va AQSh ma’muriyati rasmiylarining tanqidlariga javob berdi.
U mamlakatni mahalliy mahsulotlarni sotib olishga chaqirdi, uning ma’muriyati esa Rossiya neftini xarid qilishda davom etishini ma’lum qildi. Bu haqda UNN Bloomberg agentligiga tayanib xabar bermoqda.
Avvalroq, Oq uy apparati rahbari o‘rinbosari Stiven Miller AQSh prezidenti Donald Tramp Hindistonning Rossiya neftini xarid qilishini "Ukrainadagi harbiy harakatlarni moliyalashtirish" deb hisoblashini aytgandi.