Bugun 5 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

“Krokus Siti Xoll”dagi teraktni amalga oshirgan to‘rt nafar shaxs aybini tan oldi

“Krokus Siti Xoll”dagi teraktni amalga oshirgan to‘rt nafar shaxs aybini tan oldi

Moskva viloyatining Krasnogorsk shahrida joylashgan “Krokus Siti Xoll” konsert zalida sodir etilgan va 149 nafar insonning hayotiga zomin bo‘lgan teraktning to‘rt nafar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijrochisi o‘z aybini to‘liq tan oldi va qilgan ishidan afsusda ekanini bildirdi.

Bu haqda 127 nafar jabrlanuvchi tomonidan vakillik qiluvchi advokat Lyudmila Ayvar 4 avgust kuni rossiya davlat OAVga ma’lum qildi.

«Ayblov xulosasi o‘qib eshittirilgandan so‘ng, teraktning barcha to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirokchilari o‘z aybini to‘liq tan oldi va qilgan ishidan pushaymon ekanliklarini bildirishdi», — dedi Ayvar.

Bu jinoyat bo‘yicha sud jarayonlari davom etmoqda.

Kiritildi: 19:32 04.08.2025. O'qildi: 974 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!