ㅤQo‘riqda bo‘lgan ob’ekt rahbariga bolta orqali tan jarohati yetkazishni aytib qo‘rqitmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi
ㅤJoriy yilning 30 iyul kuni soat 17:32 da Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasiga Yashnobod tumanidagi qo‘riqda bo‘lgan ofisdan tashvish xabari tushgan.
ㅤXabar asosida tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari voqea joyiga borib holatni o‘rganishganda, ushbu ofisda qorovul bo‘lib ishlovchi fuqaro M.M direktordan maoshini oshirishni talab qilib, bolta bilan jarohat yetkazishni aytib qo‘rqitmoqchi bo‘lgan.
ㅤXodimlarning fuqaro M.M.ga, qonunchilik bo‘yicha javobgarlik to‘g‘risidagi tushuntirishlari natijasida bolta va fuqaroning oldida bo‘lgan sumka ichidagi pichoq olib qo‘yilgan.
ㅤHolat bo‘yicha xodimlar tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, ashyoviy dalillar bilan ko‘rib chiqish uchun sud organlariga jo‘natildi.