Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSh "tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib ketdi": Turkiyaning ruxsatisiz Qora dengizga yadroviy suv osti kemalarini joylashtira olmaydi

AQSh "tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib ketdi": Turkiyaning ruxsatisiz Qora dengizga yadroviy suv osti kemalarini joylashtira olmaydi

Qo‘shma Shtatlar, Montryo konvensiyasiga muvofiq, agar Qora dengizda yadroviy suv osti kemalarini joylashtirsa, Turkiyadan ruxsat olishi kerak.

Bu haqda Türkiye nashri Turkiya nashri xalqaro huquq bo‘yicha ekspertlarga tayanib yozdi.

1 avgust kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning "o‘ta provokasion" bayonotlaridan so‘ng "tegishli hududlar"ga ikkita yadroviy suv osti kemasini yuborish buyrug‘ini berganini aytdi. Keyinchalik uning aniqlik kiritishicha, u "tegishli hududlar"ga yuborgan atom suv osti kemalari endi Rossiyaga yaqinroq.

"Agar Qo‘shma Shtatlar Qora dengizda atom suv osti kemalarini joylashtirmoqchi bo‘lsa Montryo konvensiyasiga muvofiq Turkiyadan ruxsat olishi kerak”, deb yozadi nashr.

Xalqaro huquq bo‘yicha ekspert Hakki Hakan Erkiner ta’kidlaganidek, ushbu konvensiya harbiy kemalarning Qora dengizga kirishini va ularning mintaqada qolish muddatini cheklovchi xavfsizlik rejimini nazarda tutadi. Shuningdek, u Qora dengizda yadroviy suv osti kemalarining doimiy bo‘lishini ham sanksiya qilmaydi.

"Men Turkiyaning bunday ruxsat berishiga mutlaqo ishonmayman", dedi Erkiner.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan beri Turkiya Montryo konvensiyasi tomonidan berilgan vakolatlardan foydalangan va harbiy kemalarning o‘z bo‘g‘ozlaridan o‘tishini taqiqlagan edi.

Kiritildi: 15:35 03.08.2025. O'qildi: 2784 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!