Bugun 5 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Sochidagi yong‘in fonida TikTok uchun videoga tushgan rossiyaliklar qo‘lga olindi

Sochidagi yong‘in fonida TikTok uchun videoga tushgan rossiyaliklar qo‘lga olindi

Rossiyaning Sochi shahrida, yong‘in sodir bo‘lgan neft bazasi fonida video suratga tushirgan ikki qiz va bir yigit qo‘lga olindi.

Ular 19, 20 va 21 yoshda bo‘lib, barcha Uraldagi Nizhniy Tagil shahridan Sochiga kelgan. Mahalliy IIVga ko‘ra, videoni ular alkogol ichimlik ta’sirida suratga tushirishgan.

Hozirda ularga nisbatan favqulodda holat paytida jamoat tartibini buzganlik uchun 30 ming rublgacha jarima solinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan tunda Sochida Ukraina dronlari hujumi natijasida neft bazasi yonib ketdi. Krasnodar o‘lkasi gubernatori Veniamin Kondratev Adler tumanida Ukraina droni parchalari neft mahsulotlari saqlanayotgan sisternaga tushganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 13:15 04.08.2025. O'qildi: 812 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!