Bu haqda Serbiya prezidenti ma’lum qildi.
Aleksandr Vuchichning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Rossiya prezidentlari Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etish uchun Pekinga tashrif buyurishi ehtimoli bor.
"Men 1— 6 sentyabr kunlari Xitoyda bo‘laman. Hozirgina menga Rossiya prezidenti ham o‘sha yerda bo‘lishi mumkinligini aytishdi, ehtimol, u yerda Putin bilan uchrashaman. Tramp ham Xitoyga borishi mumkinligini eshitdim, lekin bu aniq emas. 3 sentyabr kuni Si Jinpin kechki ovqat uyushtiradi va u yerda hammamiz bo‘lishimiz kerak. Menga, shuningdek, 5 sentyabr kuni Xitoyda dunyodagi yirik davlatlatdan birining yetakchisi bilan ham kechki ovqat uyushtirilishi rejalashtirilganini aytishdi. Shu sababli, mendan 5 sentyabrgacha qolishimni so‘rashdi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan hozircha bu yetakchi kim ekanligi ochiqlanmayapti", — dedi Vuchich jurnalistlar bilan suhbatda.
Avvalroq Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Xitoyga borishi mumkinligini tasdiqlagandi.