Bugun 1 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Farg‘onada “yovvoyi” kimsa paydo bo‘lgani rostmi?

Farg‘onada “yovvoyi” kimsa paydo bo‘lgani rostmi?

Internet ijtimoiy tarmoqlarida Beshariq tumanida “yovvoyi” kimsa paydo bo‘lgani va ayollar, bolalarga tashlanib qolayotganligi haqida tarqalgan xabar Farg‘ona viloyati IIB tomonidan o‘rganib chiqildi.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor qidiruv hamda tergovga qadar tekshiruv harakatlar davomida fuqarolar tomonidan aytib kelinayotgan “yalang‘och odam”, “yovvoyi odam” ni hech bir shaxs ko‘rmaganligi, uning tasviri videokuzatuv kameralariga tushmaganligi, qolaversa mazkur holat sun’iy shov-shuv ko‘tarish uchun tarqatilgan yolg‘on xabar ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Hurmatli fuqarolar yuqoridagi kabi xabarlarga ishonib, noo‘rin xulosaga bormang. Ijtimoiy tarmoq faollarini bu kabi asoslanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikga chaqiramiz,- deyiladi xabarda.

Kiritildi: 14:19 31.07.2025. O'qildi: 2320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!