Bugun 5 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkentda ofisdagi seyfdan yarim million dollarni o‘marib ketganlar ushlandi

Toshkentda ofisdagi seyfdan yarim million dollarni o‘marib ketganlar ushlandi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida ikki shaxs kompaniya idorasidan 560 ming AQSh dollari miqdoridagi pul bo‘lgan seyfni o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa 22 iyunga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Gumonlanuvchilar voqea joyiga Gentra rusumli avtomashinada kelishgan. Ular kompaniya direktorining kabinetiga bostirib kirib, hujjatlar, fleshkarta va 560 ming dollar bo‘lgan seyfni o‘g‘irlab ketishgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari videokuzatuv kameralaridagi yozuvlarni o‘rganib, talonchilarning shaxsini aniqladi.

Xodimlar Andijon shahrida yashirinishga uringan gumonlanuvchilardan birini qo‘lga oldi. U qarindoshlarining uyida ushlanib, Toshkentga olib kelingan.

Aniqlanishicha, mazkur shaxslarning uyidan seyfni ochish uchun ishlatgan uskunalar topilgan, seyfni esa suvga tashlab yuborilgan.

Gumonlanuvchi o‘g‘irlangan pullarning bir qismini sherigiga berganini aytdi. U o‘ziga «Honda» motosikli sotib olishga muvaffaq bo‘lgan va Qirg‘izistonga qochish uchun o‘zida 10 ming dollar qoldirgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda zarar to‘liq qoplangan. Motosikl musodara qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:42 04.08.2025. O'qildi: 925 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!