Bugun, 4 noyabr kuni UYEFA Chempionlar ligasining umumiy bosqich 4-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.
ZO'R TV telekanali navbatdagi o‘yin kunida ikkita bahsni jonli efirda namoyish etadi.
Telekanal dasturiga ko‘ra, dastlab Gresiyaning AYEK klubi va Madridning "Real" jamoasi o‘rtasidagi uchrashuv translyasiya qilinadi.
Shuningdek, Germaniyaning "Leypsig" klubi Angliyaning "Manchester Siti" jamoasini qabul qiladi. Ushbu bahs ham telekanal orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.
ECHL. Umumiy bosqich. 4-tur
4 noyabr, chorshanba
22:40. AYEK – "Real" — ZO'R TV
5 noyabrga o‘tar kechasi
00:55. "Leypsig" – "Manchester Siti" — ZO'R TV
Ko‘rsatilgan vaqtlar jonli efir boshlanishini anglatadi. Barcha vaqtlar Toshkent vaqti bilan berilgan.