Bugun 1 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

«2010 yilda mendan «Oltin to‘p»ni o‘g‘irlashgan»

«2010 yilda mendan «Oltin to‘p»ni o‘g‘irlashgan»

«Inter» va Niderlandiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Uesli Sneyder 2010 yilgi «Oltin to‘p» mukofoti haqida yana fikr bildirdi.

«Ha, meni o‘zimga munosib bo‘lgan «Oltin to‘p»dan mahrum qilishgan. Ammo odamlar hozirgacha menga «Uesli, 2010 yilda sendan mukofotni o‘g‘irlashgan», deyishidan hatto xursandman.

Men uchun bu gaplarni eshitish «Oltin to‘p»ni nohaq qo‘lga kiritganim haqidagi fikrlardan yaxshiroq», — dedi Sneyder. Uning so‘zlarini The Touchline keltirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2010 yilgi «Oltin to‘p» Lionel Messiga nasib etgan. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Sneyder to‘rtinchi o‘rinni egallagan. Undan yuqorida Messi, Andres Inyesta va Xavi joylashgan.

Kiritildi: 19:29 31.10.2026. O'qildi: 3647 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!