«Chelsi» rahbariyati jamoa bosh murabbiyi lavozimiga Zinedin Zidanni tayinlash variantini ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, London klubi rahbarlari ushbu lavozim uchun nomzodlardan iborat short-listni shakllantirib bo‘lgan. Zidandan tashqari, ro‘yxatga Erik ten Xag, Garet Sautgeyt, Liam Rosenyor, Frenk Lempard va Brendan Rodjers ham kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ispan ommaviy axborot vositalari Xabi Alonso iste’foga chiqarilgan taqdirda Zinedin Zidan «Real»ni yana boshqarishi mumkinligi haqida yozgan edi. «Chelsi»ga kelsak, ayni paytda jamoa bosh murabbiyi Enso Mareska hisoblanadi, biroq uning iste’fosi yaqin ekani aytilmoqda. Manbalarga ko‘ra, italiyalik mutaxassisning o‘zi ham bunga tayyor.