Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda Cobalt sotuvlari bir yilda qariyb 40 foizga kamaydi

O‘zbekistonda Cobalt sotuvlari bir yilda qariyb 40 foizga kamaydi

O‘zbekiston avtomobil bozorida Chevrolet Cobalt modeli bilan bog‘liq qiziq holat kuzatilmoqda. Mamlakatda ushbu avtomobil ishlab chiqarish hajmi oshganiga qaramay, sotuv ko‘rsatkichlari bir yil avvalgi natijalardan sezilarli darajada ortda qolgan.

2026 yilning yanvar–iyun oylarida 82 951 dona Cobalt ishlab chiqarilgan. Biroq shu davrda mazkur modeldan atigi 40 936 dona sotilgan.

O‘tgan yilning birinchi yarmida esa vaziyat boshqacha bo‘lgan. O‘shanda 73 102 ta avtomobil ishlab chiqarilib, 67 580 ta Cobalt sotilgan edi.

Shunday qilib, bir yilda ishlab chiqarish hajmi 9849 donaga yoki 13,5 foizga oshgan. Sotuvlar esa aksincha, 26 644 donaga qisqarib, qariyb 39,4 foizga pasaygan.

Bu raqamlarga qaramay, Chevrolet Cobalt O‘zbekistonda hamon eng ko‘p ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan avtomobil modeli bo‘lib qolmoqda.

Kiritildi: 23:28 21.10.2026. O'qildi: 242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!