Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina-Rossiya urushidagi hozirgi vaziyat haqida fikr bildirdi.
Undan «Ukraina hozir g‘alaba qozonyaptimi?» deb so‘ralganda, Zelenskiy: «Mag‘lub bo‘layotgani yo‘q», deb javob berdi.
«Chunki biz uchun g‘alaba qozonish — o‘z mamlakatimiz va mustaqilligimizni yo‘qotmaslik degani. Shu nuqtai nazardan qaraganda, biz g‘alaba qozonyapmiz.
Ammo jang maydonidagi real vaziyat haqida gapiradigan bo‘lsak, hozir tashabbus Rossiya qo‘lida emasligi muhim. Biz mag‘lub bo‘layotganimiz yo‘q, ular esa g‘alaba qozonayotgani ham yo‘q», — dedi Vladimir Zelenskiy.