Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Zelenskiy uch tomonlama uchrashuvni imkon qadar tezroq o‘tkazish kerakligini aytdi

Zelenskiy uch tomonlama uchrashuvni imkon qadar tezroq o‘tkazish kerakligini aytdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi yangi uch tomonlama uchrashuvni imkon qadar tezroq tashkil etish zarurligini bildirdi. Gap delegasiyalar o‘rtasida texnik darajada o‘tkaziladigan muzokaralar haqida bormoqda.

Zelenskiyning aytishicha, so‘nggi ikki kun davomida AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff tomonlar bilan uchrashuv o‘tkazish masalasini kelishib olgan.

«Bizga berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya delegasiyalarimiz darajasidagi uch tomonlama uchrashuvni qo‘llab-quvvatlamoqda. Amerika tomoni uni imkon qadar tezroq o‘tkazishni taklif qilmoqda. Biz bu taklifni qo‘llab-quvvatlaymiz», — dedi Zelenskiy jurnalistlarga.

Ukraina prezidenti yangi uchrashuvning aniq sanasini hozircha bilmasligini, biroq muzokaralar noyabr oyi boshidan kechiktirilmasligi kerak, deb hisoblashini aytdi.

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov esa Uitkoff bilan uchrashuvdan keyin muzokaralar noyabr oyining o‘rtasida o‘tkazilishi mumkinligini taxmin qilgan.

Kiritildi: Bugun 09:03. O'qildi: 568 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!