Bugun 24 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Zelenskiy: Tundagi hujumda olti kishi, jumladan, ikki bola halok bo‘ldi

Zelenskiy: Tundagi hujumda olti kishi, jumladan, ikki bola halok bo‘ldi

Ukrainada o‘tgan tun davomida amalga oshirilgan hujumlar natijasida olti kishi, jumladan, ikki bola halok bo‘ldi, yana 17 kishi yaralandi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.

“Yana bir tun Rossiya urushni to‘xtatish uchun yetarli bosim sezmayotganini ko‘rsatdi. Havo hujumidan mudofaa kuchlarimiz, o‘t o‘chirish guruhlari va dronlarga qarshi ekipajlarimiz tun bo‘yi ishladi. Zarbalar asosan energetika infratuzilmasiga berildi, biroq turar joy binolari ham zarar ko‘rdi. Zaporojyada yong‘in chiqdi, Kiyev viloyatida bir nechta binolar vayron bo‘ldi”, — dedi Zelenskiy Telegram’dagi murojaatida.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev, Odessa, Chernigov, Dnepropetrovsk, Kirovograd, Poltava, Vinnisa, Zaporojye, Cherkas va Sumi viloyatlari hujumlardan zarar ko‘rgan.

Zelenskiy Rossiya rahbariyatining diplomatiya haqidagi bayonotlari “hech narsani anglatmasligini”, haqiqiy bosim faqat sanksiyalar orqali bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

“Rossiya rahbarlari jiddiy oqibatlarga duch kelmaguncha, diplomatiya faqat so‘zda qolaveradi. Endi Yevropa Ittifoqi kuchli sanksiyalar paketini qabul qilishi vaqti keldi. Shuningdek, biz AQSH, G7 hamda tinchlik tarafdori bo‘lgan barcha hamkorlarimizdan qat’iy choralar kutayapmiz”, — dedi Ukraina prezidenti.

Kiritildi: 13:27 22.10.2025. O'qildi: 382 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!