Rossiyada ayiq ovlaganlarga pul mukofoti va’da qilindi.
Irkutskda so‘nggi kunlarda 340 dan ortiq tajovuzkor ayiqlar yo‘q qilindi. "So‘nggi 30 yilda ayiqlar soni ikki baravardan ortiq ko‘paygan va hozir Rossiyada 300 000 ayiq yashaydi. Odamlar va ayiqlar bir hududda xavfsiz yashashi uchun ularning soni muvofiqlashtirilishi kerak", - dedi viloyat gubernatori Igor Kobzev.
Krasnoyarsk o‘lkasida ham shu kunga qadar 729 ta ayiq otilgan. Bu haqida o‘lkaning Tabiiy resurslar va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi xabar bergan edi.
Baykal orti o‘lkasida esa ayiq ovlaganlarga 15 ming rubl mukofot puli e’lon qilingan. Bu yerda ayiqlar har kuni 30 martagacha odamlar yashayotgan joylarga kelmoqda.