Jahon futboli yulduzi Lionel Messi Ispaniya Segundasida ishtirok etadigan "Eldense" klubi egasiga aylandi. Bu haqda klubning rasmiy saytida ma’lum qilindi.
"Sport tarixidagi eng muhim shaxslardan birining "Eldense" klubi egasi sifatida Ispaniya professional futboliga kirib kelishi klubning sport, institusional va ijtimoiy rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan uzoq muddatli loyiha boshlanganini anglatadi", — deyiladi jamoa matbuot xizmati bayonotida.
"Eldense" klubi hech qachon Ispaniya Primerasida ishtirok etmagan. Jamoa 1921 yilda tashkil etilgan.
Messi esa hozir ham futbolchilik faoliyatini davom ettirmoqda va MLSdagi "Inter Mayami" klubi safida to‘p tepmoqda.