Bugun 12 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Zelenskiy: "AQSh delegasiyasi bilan Irlandiyada uchrashuv o‘tkazamiz"

Zelenskiy: "AQSh delegasiyasi bilan Irlandiyada uchrashuv o‘tkazamiz"

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevropa siyosiy hamjamiyatining (ESH) IX sammitida ishtirok etish uchun Dublin shahriga tashrif buyurdi.

Bu haqda Zelenskiyning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

«Bugun va ertaga hamkorlarimiz bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Umuman olganda, 20 ga yaqin davlat rahbarlari bilan muloqot qilamiz. Shuningdek, Yevropa siyosiy hamjamiyati sammitining ochilish yalpi majlisida ishtirok etaman.

Bundan tashqari, AQShning muzokaralar guruhi vakillari — Stiv Uitkoff hamda Jared Kushner bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Tinchlikni yaqinlashtirish yo‘lida ish olib bormoqdamiz. Ukrainaga yordam berayotgan va uni qo‘llab-quvvatlayotgan barchaga minnatdorlik bildiraman», — deb yozgan Zelenskiy.

Kiritildi: Bugun 10:25. O'qildi: 362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik