Bugun 795 ming nafardan ortiq bolajonlar uchun hayotlaridagi eng unutilmas kunlardan biri — maktab ostonasidagi ilk qadam boshlandi.
1-sinfga chiqayotgan jajji o‘g‘il-qizlarga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” taqdim etildi.
Joriy yilda "Prezident sovg‘asi" to‘plamiga Mustaqilligimizning 35 yillligi munosabati bilan Davlat gerbi va bayrog‘i aks etgan maxsus tasma ham qo‘shilgan.