Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahridagi xususiy universitet xodimi Z.O. fuqaro T.M.ning ishonchiga kirib, tanishlari orqali unga qo‘shni Qozog‘iston yoki Tojikiston davlatidagi oliy o‘quv yurtining 2 kursini o‘qib tugatganligi to‘g‘risida soxta hujjat tayyorlab, o‘zi ishlayotgan xususiy universitetning 3 kursidan o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Taxtako‘pir tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.J. fuqaro M.O.ning ishonchiga kirib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Nukus shahridagi Tibbiyot kollejiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.