Bugun 16 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Habib Nurmagomedov nega O‘zbekistonga keldi?

Habib Nurmagomedov nega O‘zbekistonga keldi?

UFCning sobiq mutlaq chempioni, aralash jang san’ati (MMA) yulduzi Habib Nurmagomedov O‘zbekiston Aralash jang san’ati assosiasiyasi taklifiga binoan Toshkentga kelgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif davomida Nurmagomedov Ichki ishlar vazirligi huzuridagi “Jar” sport majmuasida joylashgan assosiasiyaning markaziy idorasi faoliyati bilan tanishgan.

Dog‘istonlik sportchini assosiasiya raisi Aziz Toshpo‘latov, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari va Osiyo Olimpiya kengashi vise-prezidenti Otabek Umarov, MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov hamda terma jamoa murabbiylari va sportchilar kutib oldi.

Tadbir davomida mehmonlar aralash jang san’atining O‘zbekistondagi rivojlanishi, sportchilarning tayyorgarlik jarayoni va mavjud infratuzilma bilan yaqindan tanishtirilgan. Shuningdek, sport yo‘nalishida xalqaro tajriba almashish, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va musobaqalar tashkil etish kabi masalalar muhokama qilingan.

Nurmagomedov uchrashuvda so‘zga chiqib, sportchilarning professional tayyorgarligi bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi:

“O‘zbekiston bugun boksda dunyodagi yetakchi davlatlardan biri bo‘lib, eng ko‘p oltin medallarni qo‘lga kiritmoqda. Agar boshqa sport turlarida, jumladan aralash jang san’atida ham yoshlarga sharoit yaratilsa, ular ham yaqin kelajakda jahon sahnasida yetakchilardan bo‘lishi mumkin”, dedi Nurmagomedov.

Tashrif doirasida Habib Nurmagomedov yosh sportchilar bilan ham uchrashib, ularga o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashgan.

Kiritildi: 23:24 15.10.2025. O'qildi: 2149 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!