Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va turli muhokamalarga sabab bo‘layotgan videoda aks etgan holat 2025 yil yanvar oyida Yunusobod tumanidagi xususiy klinikada yuz bergan.
Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha, ushbu kadrlarda davolanish uchun keltirilgan bemorlarning agressiv harakatlari va ularni tinchlantirishga uringan klinika xodimlarining harakatlari aks etgan.
Tarmoqlarda bildirilayotgan “ko‘cha bezorilari” haqidagi iddaolar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Mazkur holat yuzasidan avval IIOga murojaat qilinmagan.
Hozirda Toshkent shahar IIBB rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Yakuniy qaror qonun doirasida qabul qilinadi. Jarayon Ichki ishlar vazirligi nazoratida.