Qashqadaryoda maktab direktori ishga kirmoqchi bo‘lgan ayolga jinsiy aloqa taklif qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi direktor ishdan olinganini bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, u viloyatning Ko‘kdala tumanidagi 17-maktab direktori bo‘lgan. Uning xatti-harakatlari boshqarma tomonidan o‘rnatilgan tartib asosida o‘rganib chiqilgan. Boshqarma boshlig‘ining 2025 yil 16 oktyabrdagi buyrug‘li bilan u maktab direktori vazifasidan ozod etilgan.
“Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi pedagog maqomiga dog‘ tushiruvchi har qanday salbiy holatni qoralaydi va keskin choralar ko‘rilishini ma’lum qiladi”, deyiladi rasmiy xabarda.