Bugun 16 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Kredit kartalar qiroli haqida bilasizmi?

Kredit kartalar qiroli haqida bilasizmi?

Agar kredit kartalari faqat to‘lovni amalga oshirish deb o‘ylasangiz, adashasiz. Ular sizga daromad va mashhurlik ham keltirishi mumkin.

Tanishing, Manish Dhameja — kredit kartalar va tangalar qiroli! U 2021 yilda 1638 ta amaldagi kredit kartaning egasi sifatida Ginness rekordlar kitobiga kirgan.

Manish ularni shunchaki kolleksiya uchun to‘plamaydi. Aksincha, mukofot ballari, keshbeklar, sayohat va mehmonxona imtiyozlari uchun ishlatadi.

Qolaversa, Manishning bir million dona tangasi ham bor. Aftidan, u rekordlar kitobiga ikkinchi marta kirishni ko‘zlagan ko‘rinadi.

Kiritildi: 21:15 15.10.2025. O'qildi: 983 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!