Bugun 16 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Urushdan keyin G‘azo sektorini 15 nafar falastinlik texnokratlar guruhi boshqaradi

Urushdan keyin G‘azo sektorini 15 nafar falastinlik texnokratlar guruhi boshqaradi

Associated Press nashri bu haqda Misr tashqi ishlar vaziri Badr Abdul’attiyga tayanib xabar bermoqda.

"Nomzodlar allaqachon tanlab olingan, shuningdek, Isroil tomonidan tekshirilgan. 15 kishidan iborat “ma’muriy qo‘mita” barcha falastinlik fraksiyalar, jumladan, HAMAS tomonidan ham ma’qullangan", — deya izoh berdi TIV rahbari.

Abdul’attiyning so‘zlariga ko‘ra, HAMAS Trampning tinchlik rejasini qo‘llab-quvvatlaydi va “o‘tish davri”da hech qanday rol o‘ynamaydi. O‘z navbatida, Isroil tinch aholi xavfsizligini ta’minlash uchun gumanitar yordam oqimini va joylardagi ma’muriy qo‘mita ishini ta’minlab, G‘azodan qo‘shinlarni olib chiqish shartlarini bajarishi kerak.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp G‘azo sektorini tiklash uchun "Tinchlik kengashi”ni tuzishni taklif qilgan edi. Tramp ushbu kengashga o‘zi rahbarlik qilmoqchiligini bildirgan.

Kiritildi: 20:55 15.10.2025. O'qildi: 840 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!