Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ash-Sharaa Putinga Rossiya Suriya hududidagi harbiy bazalarini saqlab qolishi mumkinligini aytdi

A A A
Ash-Sharaa Putinga Rossiya Suriya hududidagi harbiy bazalarini saqlab qolishi mumkinligini aytdi

Bu haqda Reuters ma’lum qildi.

"Suriyaning o‘tish davri hukumati prezidenti Ahmad ash-Sharaa Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Moskvada o‘tkazgan uchrashuvida Suriya va Rossiya o‘rtasidagi avvalgi barcha kelishuvlarga rioya qilishga va’da bergan. Bu Moskvaning Suriyadagi Hmeymim aviabazasi va Tartus dengiz bazasini saqlab qolishini anglatadi", deya yozmoqda agentlik manbalariga tayanib.

O‘z navbatida, Suriyaning yangi hukumati Rossiya tomonidan Bashar Asadga sodiq kuchlarning qolgan qismini qayta qurollantirilmasligiga kafolat olishga intilmoqda.

Shuningdek, ash-Sharaa Rossiya Suriya armiyasini modernizasiya qilish jarayonida ko‘mak berishiga umid qilmoqda.

Kiritildi: 22:25 15.10.2025. O'qildi: 2386 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!