Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Erdo‘g‘an turkiy xalqlar, jumladan o‘zbeklarning hayotini yengillashtirmoqchi

A A A
 Erdo‘g‘an turkiy xalqlar, jumladan o‘zbeklarning hayotini yengillashtirmoqchi

Turkiya rahbari O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston fuqarolari uchun mehnat qilish va tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni soddalashtiruvchi farmonni imzolagan.

Farmonga ko‘ra, ushbu mamlakat fuqarolari endilikda Turkiyada ishlash uchun fuqarolik olishlari yoki murakkab ruxsat olish jarayonlaridan o‘tishlari shart emas. Buning uchun yashash guvohnomasining o‘zi kifoya.

Faqat bir istisno: bu imkoniyat armiya va kuch tuzilmalarida xizmat qilishga taalluqli emas – bu sohalar yopiqligicha qoladi.

Hujjat, shuningdek, xorijiy diplom va sertifikatlarni tan olish, kasbiy uyushmalarda ro‘yxatdan o‘tishni ham nazarda tutadi (biroq ular ichki saylovlarda qatnasha olmaydi).

Kiritildi: 15:35 14.10.2025. O'qildi: 21113 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!