“AQSh va NATOning Rossiya chegaralari yaqinidagi tajovuzkor harakatlari va Ukrainadagi proksi urushi Moskvaning tegishli javobiga sabab bo‘lmoqda. Agar Ukrainada Tomahawk paydo bo‘lsa, Kuba, Venesuela va Nikaraguada Rossiyaning “Oreshnik”, “Kinjal” va boshqa gipertovushli qurollari assimetrik joylashtirilishi deyarli muqarrar bo‘ladi”, - dedi harbiy ekspert Aleksandr Xrolenko.
Federasiya Kengashi 8 oktyabr kuni Rossiya va Kuba orasida harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni ratifikasiya qildi.
Oldinroq, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov Rossiya qo‘shinlarini Kuba va Venesuelaga joylashtirish imkoniyati borligini tan olgan edi.