Bugun 16 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

NATO bosh kotibi Rossiya suvosti kemasi ustidan kuldi

NATO bosh kotibi Rossiya suvosti kemasi ustidan kuldi

NATO bosh kotibi Mark Ryutte 13 sentyabr, dushanba kuni Fransiya qirg‘oqlarida aniqlangan, nosoz harbiy suvosti kemasi tufayli Rossiyaning ustidan kuldi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

«O‘rta Yer dengizida Rossiya harbiy-dengiz kuchlari deyarli qolmadi. Faqat yolg‘iz, buzilib qolgan Rossiya suvosti kemasi patrullikdan so‘ng oqsoqlanib uyiga qaytyapti», — dedi Ryutte Sloveniyada so‘zlagan nutqida.

NATO bosh kotibi Tom Klensining 1984 yilda chop etilgan «Qizil Oktyabr uchun ov» romanini tilga oldi, bu roman xorijda fitnachilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan sovet atom suvosti kemasini qidirishga bag‘ishlangan. «Vaziyat qanday o‘zgardi», dedi Ryutte. «Endi bu ko‘proq eng yaqin mexanikni ovlashga o‘xshaydi».

9 oktyabr kuni NATOning operativ dengiz kuchlari Rossiyaning qanotli raketa tashuvchi «Novorossiysk» suvosti kemasi Fransiyaning Bretan mintaqasi qirg‘oqlari yaqinida suv yuzasiga chiqqani va keyinchalik alyans kuzatuviga o‘tkazilgani haqida xabar berdi.

Niderlandiyaning Nl Times nashriga ko‘ra, suv osti kemasi O‘rta Yer dengizida jangovar navbatchilik qilayotganida yonilg‘i sizib chiqqan.

Biroq Rossiya Qora dengiz floti matbuot xizmati suvosti kemasining buzilishi va favqulodda vaziyat yuzaga kelgani haqidagi ma’lumotni rad etdi. Uning ta’kidlashicha, "Novorossiysk" Buyuk Britaniya va Fransiya o‘rtasidagi La-Mansh bo‘ylab «xalqaro dengizchilik qoidalariga muvofiq» suv yuzasidan o‘tmoqda.

Kiritildi: 23:53 15.10.2025. O'qildi: 1482 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!