Bugun 16 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Ukrainadagi Tomahawk raketalarini boshqarish amerikaliklar tomonidan amalga oshiriladi

Ukrainadagi Tomahawk raketalarini boshqarish amerikaliklar tomonidan amalga oshiriladi

Agar AQSh Ukrainaga Tomahawk raketalarini bersa, ularni boshqarish amerikaliklar tomonidan amalga oshiriladi, deya ma’lum qildi Financial Times.

Gazeta bu haqda G‘arbdagi rasmiy harbiy manbalariga tayanib xabar bermoqda.

"Tomahawk raketalarini Ukrainaga tezroq yetkazib berish va ularni ishlatishda yordam ko‘rsatish uchun amerikalik pudratchilar jalb qilinishi mumkin. Bu, Qo‘shma Shtatlarga nishonlar va boshqa masalalar bo‘yicha nazoratni saqlab qolish imkonini ham beradi", — deya izoh berdi amaldor.

NATO'ning yuqori martabali vakilining fikricha, Moskva bunga Ukrainaga qarshi keng qamrovli zarbalar bilan javob qaytarishi mumkin.

"Rossiya Ukrainiga qarshi “yadro qurolini qo‘llash tahdidi”ni o‘z ichiga olgan bir nechta katta zarbalar berishi ehtimoli mavjud", — dedi alyans rasmiysi.

Shu bilan birga, Financial Times bilan suhbatlashgan ekspertlar AQSh Kiyevga Ukraina urushidagi vaziyatni tubdan o‘zgartiradigan katta miqdordagi Tomahawk'larni berishini kutishmayotganini bildirishdi.

"Tomahawk'lar Ukraina uzoq masofali dron hujumlari orqali allaqachon erishayotgan yutuqlarni to‘ldiradi", — dedi NATO vakili.

Kiritildi: Bugun 11:46. O'qildi: 903 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!