Agentlikning xabar berishicha, Pokiston harbiylari bugun Afg‘onistonning Qandahor viloyatidagi Spin Boldak chegara o‘tish punkti yaqinida “Tolibon”ning 15–20 nafar jangchisi o‘ldirilganini ma’lum qilgan. “Tolibon” vakili esa Pokiston tomonidan amalga oshirilgan hujum oqibatida 12 nafar tinch fuqaro halok bo‘lganini bildirgan.
Ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi munosabatlar o‘tgan hafta Kobuldagi portlashlardan so‘ng keskinlashgan edi. “Tolibon” bu hujumlarda Islomobodni ayblagan. Pokiston hukumati esa o‘z navbatida “Tolibon”ni Afg‘oniston hududida Pokiston toliblarini yashirayotganini bildirib, ularni "mamlakat xavfsizligiga tahdid" deb atagan.
Keskinlik o‘tgan dam olish kunlari eng yuqori darajaga chiqdi, chegarada og‘ir otishmalar sodir bo‘ldi. “Tolibon” ma’lumotiga ko‘ra, bu to‘qnashuvlarda 58 nafar pokistonlik harbiy, Islomobodning da’vosiga ko‘ra esa “Tolibon” va u bilan bog‘liq 200 nafar jangari halok bo‘lgan.