Bugun 2 may, 2025 yil, juma

КИР

“Yil o‘qituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlari o‘tkaziladi

“Yil o‘qituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlari o‘tkaziladi

“Umumiy o‘rta ta’lim sohasi xodimlari o‘rtasida “Yil o‘qituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (264-son, 28.04.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2026 yildan har 2 yilda 1 marta quyidagi tanlovlar o‘tkaziladi:

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari o‘rtasida “Yil o‘qituvchisi” tanlovi;

pedagogik mahorat markazlari direktorlari o‘rtasida “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovi.

Qaror bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi:

▪️“Yil o‘qituvchisi” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi;

▪️“Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi.

Tanlovlar yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan har bir nomzod QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi.

Sertifikat asosida g‘oliblar BHMning 1 400 baravari (525 mln) ga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Kiritildi: 16:56 29.04.2025. O'qildi: 578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!