Habib Nurmagomedov Chempionlar Ligasini «PSJ» yutishini xohlaydi.
«Marsel» yoki «PSJ»? Men parijliklar tarafdaman. Klubda juda ko‘p do‘stlarim ishlashadi, shu jumladan, rahbar Nosir Al Xilayfiy.
«PSJ» so‘nggi 15 yilda Yevropada fransuzcha futbolni ko‘rsata oldi. Mening fikrimcha, ular bu mavsumda YECHLni yutishadi. Agar to‘g‘risini gapirsam, ularning g‘alabasini juda xohlayman.
Xilayfiy bu sovringa munosib. Jamoaga juda ko‘p mablag‘, vaqt va emosiyalar safrlandi», – deya UFC sobiq chempionining so‘zlarini keltiradi IbraTV.
Ma’lumot uchun, Parij klubi turnir yarimfinalning birinchi o‘yinida «Arsenal»dan ustun keldi.