Bugun 1 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Ukraina frontida chet elliklar: Putin fransiyalik jangchilarni tilga oldi

Ukraina frontida chet elliklar: Putin fransiyalik jangchilarni tilga oldi

Vladimir Putin Ukrainadagi urushda Fransiya fuqarolari Rossiya tomonida jang qilayotganini aytdi.

Rossiya prezidenti Fransiya fuqarolaridan necha kishi Rossiyaning Ukrainadagi bosqinida ishtirok etayotganiga aniqlik kiritmadi.

"Hozirgi kunda ham Fransiya Respublikasining ba’zi fuqarolari maxsus harbiy operasiya hududida bizning askarlarimiz bilan yelkama-elka jang qilmoqda. Ular o‘z bo‘linmalarini buyuk bobolari nomi bilan “Normandiya-Neman” deb atagan", — dedi Rossiya prezidenti.

Avvalroq “Vajniye istorii” nashri Ukrainada Rossiya tomonida kamida 48 mamlakatdan yollanma harbiylar jang qilayotgani haqida xabar bergan edi. Jurnalistlar shu vaqt ichida Moskvadagi saralash punktidan o‘tgan 1300 dan ortiq xorijliklarning kelgan davlatini aniqlagan.

Qayd etilishicha, eng ko‘p yollanma jangchilar Janubiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan (771 kishi). Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda sobiq SSSR mamlakatlari (523 kishi) hamda Afrika davlatlatlari fuqarolari (72 yollanma jangchi).

Nashrga ko‘ra, Rossiyaga jang qilish uchun borayotganlar orasida Moskva tomonidan “do‘st bo‘lmagan” deb e’lon qilingan davlatlardan bo‘lganlar ham bor. Ular orasida AQSh (2 kishi), Latviya (4), Fransiya (2), Italiya (2) fuqarolari mavjud.

Kiritildi: Bugun 09:56. O'qildi: 1124 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!